“Yilning eng yaxshi maktabgacha ta'lim muassasasi oshpazi” ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tdi
“Yilning eng yaxshi maktabgacha ta'lim muassasasi oshpazi” ko‘rik tanlovda 2-sonli MTM oshpazi Musayeva Nilufar birinchi o‘rinni egalladi.
“Yilning eng yaxshi maktabgacha ta'lim muassasasi oshpazi” ko‘rik tanlovi tumandagi 1-sonli MTM oshxonasida o‘tkazildi. Bu tanlovda 2-sonli MTM oshpazi Musayeva Nilufar o‘zining bor mahoratini ishga solib, tuman MTM oshpazlari ichida birinchi o‘rinni egalladi.
Shu yilning 30 iyun kuni Samarqand shahridagi 72-son maktabgacha ta'lim muassasasida bo‘lib o‘tgan “Yilning eng yaxshi maktabgacha ta'lim muassasasi oshpazi” ko‘rik tanlovida tumanda g‘olib bo‘lgan 2-son maktabgacha ta'lim muassasasi oshpazi Musayeva Nilufar ishtirok etib faxrli 3-o‘rinni egallab, faxriy yorliq va oshxona jihozlari olishlik uchun sertifikat bilan taqdirlandi.
2-son maktabgacha ta'lim muassasasi oshpazi Musayeva Nilufarning ishtiroki va uning yutug‘i tumanimizdagi barcha maktabgacha ta'lim muassasalari oshpazlari ruhiyatini ko‘tardi, ularning yanada izlanishi, o‘z kasbiga bo‘lgan qiziqishi va oshpazlik mahoratini oshirishga yana bir turtki bo‘ldi.
Oxirgi o‘zgarish: 07/07/2018 09:42; Ko‘rilganligi: 1587
Chop etilgan vaqti: 31/03/2023 12:23