MTTning holati suratdagidan tubdan farq qiladi
Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda «Suratdagi binoni tashlandiq bostirma deb o‘ylayotgan bo‘lsangiz adashasiz.
u – Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani Zarqo‘rg‘on MFYda joylashgan 35-sonli bolalar bog‘chasi!” sarlavhasi ostida joylashtrilgan foto suratlar berildi.
Ushbu post yuzasidan quyidagilarni ma'lum qilamiz: 60 o‘rinli 35-sonli maktabgacha ta'lim tashkiloti 1975 yilda pishiq g‘ishtdan qurilgan moslashtirilgan binoda joylashgan.
Ushbu maktabgacha ta'lim tashkilotini 2021-2022 yillarda rekonstruksiya qilish uchun davlat dasturiga kiritishga takliflar berilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda berilgan foto suratlar aslida 35-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotining markazlashgan issiqlik tizimini ta'mirlash jarayonida, ya'ni 2020 yilning dekabr oyida olingan eski foto suratlar bo‘lib, MTTning hozirgi kundagi holati suratdagidan tubdan farq qiladi.
Kiritilgan vaqti: 03/02/2021 06:55; Ko‘rilganligi: 503
Chop etilgan vaqti: 31/03/2023 12:05