Mijoz xar doim haq
Joriy yilning 2 iyun kuni Kattaqo‘rg‘on tuman pedagogika kollejida viloyat Maktabgacha ta'lim boshqarmasining 2021 yil 18 maydagi 53-sonli buyrug‘i reja-grafigi asosida “Maktabgacha ta'lim tizimida "Mijoz xar doim haq" tamoyili ostida fuqarolar murojaatlari bilan ishlashda "Korrupsiyaning salbiy oqibatlari" mavzusidagi seminar bo‘lib o‘tdi.
Smenarda tuman hokimining o‘rinbosari S.Mingboyev, viloyat Maktabgacha ta'lim boshqarmasi boshlig‘i v.v.b B.Mamirov, viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasi bosh yuristkonsulti Sh.Aripov, tuman prokuraturasi mas'ul xodimi A.Mardiyevlar hamda maktabgacha ta'lim bo‘limi mas'ul xodimlari maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktorlari va pedagogika kolleji mas'ul xodimlarini karantin qoidalariga rioya etgan holda ishtirok etishdi.
Smenarda ishtirokchilarga maktabgacha ta'lim tizimida korrupsiyani oldini olish, sohada ijtimoiy muhitni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, maktabgacha ta'lim bo‘lida va tashkilotlarda hamda pedagogika kollejlarida davlat mulki va byudjet mablag‘laridan oqilona, samarali va maqsadli foydalanishini tartibga solish, turli korrupsion holatlarga chek qo‘yish hamda Samarqand viloyat hokimi rahbarligida 2021 yil 30 aprel kuni Samarqand shahar “Yoshlar markazi” binosida videoselektor tarzida o‘tkazilgan muhokama yig‘ilishida ko‘rsatib o‘tilgan xato vakamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Kiritilgan vaqti: 03/06/2021 14:31; Ko‘rilganligi: 423
Chop etilgan vaqti: 31/03/2023 12:51