Maxsus imkoniyatlar
Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish

Joriy yilning 7 sentyabr kuni Kattaqo‘rg‘on tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi mas'ul xodimlari hamda tuman maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktorlari ishtirokida karantin qoidalariga va sanitariya talablariga rioya etgan holda seminar yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda Respublika maxsus komissiyasining qaroriga asosan 2020 yil 14 sentyabrdan boshlab MTT lar faoliyatini bosqichma-bosqich  yo‘lga qo‘yish, koronovirus pandemiyasi sharoitida bolalarni xavfsizligini infeksiya tarqalishini oldini olishni ta'minlash hamda tumandagi davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarning ota-onalari o‘rtasidagi o‘tkazilgan so‘rovnomalar natijalari va 2020-2021 o‘quv yiliga tayyorgarlik masalalar muhokama qilindi.

Yig‘ilishda  tuman davlat sanitariya epidamiologiya osoyishtalik markazi raxbari U.Sag‘dullayev ishtirok etdi va tashkilot direktorlariga COVID-19 pandemisi davrida bolalarni qabul qilish qoidalari, MTT xonalari, jihozlarni sanitariya holatini saqlash va dezinfeksiya chora tadbirlariga qo‘yiladigan talablar, tarbiyalanuvchilarni xavfsiz ta'lim olishi va tarbiyalanishini tashkil etish chora-tadbirlari, MTT tarbiyalanuvchilari va xodimlariga   qo‘yiladigan talablar to‘g‘irisida batafsil tushunchalar berdi.


Kiritilgan vaqti: 08/09/2020 10:00;   Ko‘rilganligi: 658
 
Material manzili: https://kattmtb.uz/press/news/maktabgacha-talim-tashkilotlarida-yangi-oquv-yiliga-tayyorgarlik-korish
Chop etilgan vaqti: 31/03/2023 11:43