Kattaqo‘rg‘on tumanida “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” kasbiy ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi
Joriy yilning 11 iyun kuni tuman Madaniyat bo‘limining konsert zalida Maktabgacha ta'lim Vazirining 2021 yil 27 apreldagi “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” kasbiy ko‘rik tanlovi o‘tkazish to‘g‘risidagi 67-sonli buyrug‘i ijrosi bo‘yicha ushbu ko‘rik tanlovning tuman bosqichi o‘tkazildi.
Tumandagi mavjud 61 ta davlat maktabgacha tashkilotlari tarbiyachilari o‘rtasida ko‘rik-tanlovning tuman bosqichiga uch yildan kam bo‘lmagan mehnat stajiga ega 61 nafar tarbiyachilar o‘rtasida bo‘lib, nizomga muvofiq 5 nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi vaulardan 5 nafari g‘olib viloyat bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
G‘oliblar va faol ishtirokchilar fahriy yorliq va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.
1-nominatsiya:
“Eng yaxshi metodist tarbiyachi” nominatsiyasi bo‘yicha 5-sonli maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachisi Xayitova Muxtasar 1-o‘rinni, 56-sonli maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachisi Xusanova Oygul 2-o‘rinni, 17-sonli maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachisi Adilova Nargiza 3-o‘rinni egalladi.
2-nominatsiya:
“Eng yaxshi ijodkor tarbiyachi” yo‘nalishi bo‘yicha esa 8-sonli maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachisi Muxammadiyeva Gulrux 1-o‘ringa, 2-sonli maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachisi Boltayeva Jamila 2-o‘ringa, 14-sonli maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachisi Mavlonova Dilfuza 3-o‘ringa munosib deb topildi.
3-nominatsiya:
“Innavatsion va axborot texnalogiyalarini qullaydigan eng yaxshi tarbiyachi” nominatsiyasi bo‘yicha 11-sonli maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachisi Ravshanova Xolida 1-o‘rinni, 17-sonli maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachisi Xalilova Shoxsanam 2- o‘rinni, 4-sonli maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachisi Sodiqova Lobar 3-o‘rinni egalladi.
4-nominatsiya:
“Eng yaxshi g‘oya muallifi” nominatsiyasi bo‘yicha tumandagi 47-sonli maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachisi Ochilova Oyjamol 1-o‘rinni, 6-sonli maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachisi Abdullayeva Gulnoza 2-o‘rinni, 20-sonli maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachisi 3-o‘rinni, munosib deb topildi.
5-nominatsiya:
“Moxir qo‘l ustasi” nominatsiya bo‘yicha bo‘yicha 38-sonli maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachisi Qurbonova Shaxnoza 1-o‘rinni, 31-sonli maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachisi Masariddinova Zulayxo 2-o‘rinni, 9-sonli maktabgacha ta'lim tashkilot tarbiyachisi Temirova Shoxida 3-o‘rinlar munosib deb topildi .
Kiritilgan vaqti: 11/06/2021 19:25; Ko‘rilganligi: 644
Chop etilgan vaqti: 31/03/2023 12:17