Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi
w w w . p a s t d a r g o m m t b . u z

“Yilning eng yaxshi maktabgacha ta'lim muassasasi oshpazi” ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tdi

“Yilning eng yaxshi maktabgacha ta'lim muassasasi oshpazi” ko‘rik tanlovda  2-sonli MTM oshpazi  Musayeva  Nilufar birinchi o‘rinni egalladi. 

 “Yilning eng yaxshi maktabgacha ta'lim muassasasi oshpazi” ko‘rik tanlovi tumandagi 1-sonli MTM oshxonasida o‘tkazildi. Bu tanlovda  2-sonli MTM oshpazi  Musayeva  Nilufar  o‘zining bor mahoratini ishga solib, tuman MTM oshpazlari ichida birinchi o‘rinni egalladi.

Shu yilning 30  iyun kuni Samarqand shahridagi 72-son maktabgacha ta'lim muassasasida bo‘lib o‘tgan “Yilning eng yaxshi maktabgacha ta'lim muassasasi oshpazi” ko‘rik tanlovida tumanda g‘olib bo‘lgan 2-son  maktabgacha ta'lim muassasasi oshpazi Musayeva Nilufar ishtirok etib faxrli 3-o‘rinni egallab, faxriy yorliq  va  oshxona jihozlari olishlik uchun sertifikat bilan taqdirlandi.


2-son maktabgacha ta'lim muassasasi oshpazi Musayeva Nilufarning ishtiroki va  uning yutug‘i tumanimizdagi barcha maktabgacha ta'lim muassasalari  oshpazlari ruhiyatini ko‘tardi, ularning yanada izlanishi, o‘z kasbiga bo‘lgan qiziqishi va  oshpazlik mahoratini oshirishga yana bir turtki bo‘ldi.

 


Oxirgi o‘zgarish: 07/07/2018 09:40;   Ko‘rilganligi: 340
 
Material manzili: http://kattmtb.uz/oz/news/yilning-eng-yaxshi-maktabgacha-talim-muassasasi-oshpazi-korik-tanlovi-bolib-otdi
Chop etilgan vaqti: 18/11/2019 22:17