Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi
w w w . p a s t d a r g o m m t b . u z

SEMINAR TRENING O‘TKAZILDI

26 fevral kuni Kattaqo‘rg‘on tumani maktabgacha ta'lim muassasasida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on tumanlararo sudi tuman Adliya bo‘limi  va tuman Maktabgacha ta'lim muassasasi bilan birgalikda seminar trening o‘tkazdi.  
  Seminarda Fuqarolik ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on tumanlararo sudining raisi Kamol Namazov, sudyalar Sherzod Toshpo‘latov, Orif Abjalov, tuman Adliya bo‘limi mutaxassislari va tuman Maktabgacha ta'lim muassasasiga qarashli bog‘cha rahbarlari, ommaviy axborot

vositalari vakillari ishtirok etdi.

 

Seminarda sudyalar ma'ruza qilib, seminar ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan “Sud qarorlarini qayta ko‘rish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik-protsessual kodeksi, Iqtisodiy–protsessual kodeksi, Jinoyat-protsessual kodeksi va Ma'muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi kodekslarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-661, 663-665-sonli qonunlari qabul qilinganligi, ularga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar  haqida batafsil tushuntirishlar berildi. 

O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi” 2021 yil 8 fevraldagi qonun    normasidan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 107-moddasiga kiritilgan o‘zgartirishlar,   Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyat  sudi, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand viloyat sudi va Samarqand viloyat iqtisodiy sudlari birlashtirilib Samarqand viloyat sudi hisobida o‘z faoliyatini davom ettirib kelayotganligi ma'lum qilindi. 
  Shuningdek, seminarda ma'ruzachilar Sh.Toshpo‘latov va O.Abjalovlar maktabgacha ta'lim muassasasidagi xodimlar va rahbar o‘rtasidagi mehnat munosabatlari haqida ularga huquqiy tushuntirishlar berdi. 
Seminar yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi. 


Kiritilgan vaqti: 26/02/2021 17:40;   Ko‘rilganligi: 29
 
Material manzili: http://kattmtb.uz/oz/news/seminar-trening-otkazildi
Chop etilgan vaqti: 17/04/2021 11:55