Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi
w w w . p a s t d a r g o m m t b . u z

MTTning holati suratdagidan tubdan farq qiladi

Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda «Suratdagi binoni tashlandiq bostirma deb o‘ylayotgan bo‘lsangiz adashasiz. 

u – Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani Zarqo‘rg‘on MFYda joylashgan 35-sonli bolalar bog‘chasi!” sarlavhasi ostida joylashtrilgan foto suratlar berildi.

Ushbu post yuzasidan quyidagilarni ma'lum qilamiz:   60 o‘rinli 35-sonli maktabgacha ta'lim tashkiloti 1975 yilda pishiq g‘ishtdan qurilgan moslashtirilgan binoda joylashgan.

  

Ushbu maktabgacha ta'lim tashkilotini 2021-2022 yillarda rekonstruksiya qilish uchun davlat dasturiga kiritishga takliflar berilgan.

 Ijtimoiy tarmoqlarda berilgan foto suratlar aslida 35-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotining  markazlashgan issiqlik tizimini ta'mirlash jarayonida, ya'ni 2020 yilning dekabr oyida olingan eski foto suratlar bo‘lib, MTTning hozirgi kundagi holati suratdagidan tubdan farq qiladi.


Kiritilgan vaqti: 03/02/2021 06:55;   Ko‘rilganligi: 72
 
Material manzili: http://kattmtb.uz/oz/news/mttning-holati-suratdagidan-tubdan-farq-qiladi
Chop etilgan vaqti: 17/05/2021 15:48