Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi
w w w . p a s t d a r g o m m t b . u z

Kattaqo‘rg‘on tuman maktabgacha ta'lim tashkilotlari hamshiralari tarbiyalanuvchilarni an'anaviy ta'lim-tarbiyaga jalb etish borasida tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Joriy yilning 10 sentyabr kuni Kattaqo‘rg‘on tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi tasarufidagi 4-sonli MTTda tuman maktabgacha ta'lim tashkilotlari hamshiralari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Maktbgacha ta'lim vazirligining 2020 yil 4 sentyabrdagi 133-sonli buyrug‘i ijrosini ta'minlash maqsadida karantin qoidalariga rioiya etgan holda seminar o‘tkazildi.

Seminarda ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligining buyrug‘iga ilova qilingan Sanitarya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatlik xizmati, Toshkent tibbiyot akademiyasi, O‘zR SSV Sanitariya-gigiyena va kasb kaslliklari ITI va Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan 2020 yil 21 avgust kuni ishlab chiqilgan 0373-20-sonli “COVID-19 pandemiyasi davrida maktabgacha ta'lim tashkilotlarining ish faoliyatiga qo‘yiladigan vaqtinchalik sanitariya-gigiyenik talablar” to‘g‘irisida batafsil tushunchalar berildi.

Yig‘ilishda tuman tuman davlat sanitariya epidamiologiya markazi raxbari U.Sa'dullayev ishtirok etdi va tashkilot hamshiralariga COVID-19 pandemisida bolalarni qabul qilish qoidalari, MTT xonalari, jihozlarni sanitar saqlash va dezinfeksiya chora tadbirlariga qo‘yiladigan talablar, tarbiyalanuvchilarni xavfsiz ta'lim olishi va tarbiyalanishini tashkil etish chora-tadbirlari, MTT tarbiyalanuvchilarining tashqi ko‘rinishiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘irisida batafsil tushunchalar berdi.

Shuningdek, tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli KTMP vrach pediatr  M.Islomova ham ishtirok etib, COVID-19 pandemiyasi darida maktabgacha ta'lim tashkilotlarining ish faoliyatini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida tushunchalar berib o‘tdi.


Kiritilgan vaqti: 10/09/2020 15:43;   Ko‘rilganligi: 41
 
Material manzili: http://kattmtb.uz/oz/news/kattaqorgon-tuman-maktabgacha-talim-tashkilotlari-hamshiralari-tarbiyalanuvchilarni-ananaviy-talim-tarbiyaga-jalb-etish-borasida-tayyorgarlik-kormoqda
Chop etilgan vaqti: 23/11/2020 18:47