Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi
w w w . p a s t d a r g o m m t b . u z

Aholini ro‘yxatga olish tadbiri qachon boshlanadi?

O‘zbekistonda 2023 yilda aholi ro‘yxatga olinadi. Bu keng qamrovli tadbir bo‘lib, mamlakatda yashovchi barcha aholiga oid bo‘lgan demografik va ijtimoiy-iqtisodiy ma'lumotlarni yig‘ish, umumlashtirish, baholash, tahlil va e'lon qilishning yagona jarayonidir.
Xo‘sh, bu nima uchun kerak? Aholini ro‘yxatga olish ma'lumotlari nafaqat qaror qabul qiluvchilar, statistika tizimi va qonun chiqaruvchi davlat organlari uchun, balki tadqiqot va marketing kompaniyalari, xususiy sektor va siyosiy partiyalar uchun ham qimmatli

ma'lumot hisoblanadi.

Shu bois, joylarda mahalliy hokimliklar bilan birgalikda ro‘yxatga oluvchi xodimlarni o‘qitish, varaqalarni sinov ko‘rinishida to‘ldirish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Bu xatoliklarni tahlil qilib, tushunmovchiliklarga barham beradi.

Ro‘yxatga olish tadbirlari to‘g‘risida ommaviy axborot vositalari orqali aholi xabardor qilinadi, roliklar, shiorlar tayyorlanadi.
Aholini ro‘yxatga olish naqadar muhimligini inobatga olib yil boshidan buyon viloyatimizda ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar orqali tadbirga bag‘ishlangan 270 mingga yaqin ko‘rsatuv, videorolik va axborotlar e'lon qilindi, uchrashuv va seminarlar o‘tkazilmoqda.


Kiritilgan vaqti: 19/07/2021 16:45;   Ko‘rilganligi: 15
 
Material manzili: http://kattmtb.uz/oz/news/aholini-royxatga-olish-tadbiri-qachon-boshlanadi
Chop etilgan vaqti: 01/08/2021 01:08