Самарқанд вилояти Каттақўрғон тумани
Мактабгача таълим бўлими
w w w . p a s t d a r g o m m t b . u z

Kattaqo‘rg‘on tumani maktabgacha ta'lim bo'limiga yangi rahbar tayinlandi.

2018 yil 5 dekabr kuni Kattaqo‘rg‘on tuman maktabgacha ta'lim bo‘limining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Samarqand viloyati maktabgacha ta'lim boshqarmasi boshlig‘i Nigora Sadinova, tuman hokimi A'zamxon Baxramov ishtirok etdi. Tuman hokimi soha xodimlari va mutasaddilarini oldida turgan dolzarb masalalar haqida gapirib, tumandagi mazkur tizimdagi muammolar va kamchiliklarni jiddiy tanqid qildi. Maktabgacha ta'lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan rahbarlar-u tarbiyachilar, pedagoglar asosiy e'tiborini barkamol avlodni tarbiyalashdek mas'uliyatli vazifaga sidqidildan yondoshishga qaratishlari lozimligini ta'kidladi. Shundan so‘ng yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rilib, Toshturdi Alqarov Kattaqo‘rg‘on tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri lavozimiga tayinlangan. T.Alqarov bunga qadar maktabgacha ta'lim tizimida mas'ul lavozimlarda faoliyat yuritib kelgan

Киритилган вақти: 08/12/2018 12:18;   Кўрилганлиги: 162
 
Материал манзили: http://kattmtb.uz/news/kattaqorgon-tumani-maktabgacha-talim-bolimiga-yangi-rahbar-tayinlandi
Чоп этилган вақт: 18/11/2019 22:15